Farrux Xamrayev - Haqqim (Qo'shiq Matni)

kod
Bolam chaqam deb yo'lga chiqdim
Olis yurtdan izlab risqimni
Ishlatib so'ngidam haydamang
Faqat so'rayman haqqimni

Ish bitguncha jondan azizsan
Ish bitgach shu pulga arziysan
Deydi oz pul berib rozi bo'l
Faqat so'rayman haqqimni

Qo'llarim qadoqdan yorilib
Qancha mashaqatni ko'rdiku
Ey nomard menga joning emas
Faqat so'rayman haqqimni

Ko'zlarin lo'q qilib baqrayib
Jiniga soladi o'zini
Haqqim ko'r qilmasin ko'zingni
Faqat so'rayman haqqimni

Ne qo'lim bilan kirib boraman
Onamning be minnat bag'riga
Uchrama xudoning qahriga
Faqat so'rayman haqqimni

Erkak uyga quruq kirmasin
Yo'qchilik boshini egmasin
Haqqimni ber haqqim urmasin
Faqat so'rayman haqqimni

Rizosiz ishingda unum yo'q
Bo'lmagay hech ishda ko'ngling to'q
Davlating yonmasin bo'lib cho'g'
Faqat so'rayman haqqimni

Nafsini tiyolmas pul ko'rsa
Yalab sidirsayu sidirsa
Haqqimni ber insofing bo'lsa
Faqat so'rayman haqqimni

Mayli kelmasin menga rahming
Farzandlarimga kelsin rahming
Bunchalar qattiq bo'lmasa qahring
Faqat so'rayman haqqimni. (x2)

ShoxMedia tayyorladi
Eslatma: Ushbu chop etilgan qo`shiq matni, aynan www.Voymusic.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan,
 uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qa`tiyan man etiladi.
Belgilangan qonunlar asosida jovobgarlikka tortiladillar... 

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика