Humoyun Mirzo - Begunoh Bola (Qo'shiq Matni)

kod
Qochmog` ixtiyor etding
Qonli yurtingda
Tinchlikni istading
Jannat istading

Yonimga chorladim
Tutib qo`lingdan
Yaratgan yoniga
Ketmoq istading

Qirg`oqa
Arzgingni yozib ket bolam
Osmonlar bag`riga suzib ket bolam
Agar cheria olsan kechir  bizlarni
Bu vaxshi dunyodan rozi ket bolam

Bolajon jon bolam
Farishta bolam
Bolajon jon bolam
Begunoh bolam

Ummonlar to`lg`anar
Chuqur qayg`uda
Cheksiz dengiz bag`riga sig`magan bolam
Endi yotajaksan abad uyquda

Bu vaxshi dunyodan rozi ket bolam
Dod solar to`lqinlar yeg`laydi daryo
Sohilarning bag`ri 

Kuymoqda go`yo
Shirin kulgularing
Endi bir ro`yo
Bu vaxshi dunyodan rozi ket bolam

Bolajon jon bolam
Farishta bolam
Bolajon jon bolam
Bechora bolam

Bo`lmasmidim bilsam
Suzgich qanoting
Otang yuragida qoldiku yoding 
Olamga dars bo`lsin
Notinch hayoting 
Bu vaxshi dunyodan rozi ket bolam

Seni cho`kdirganlar
Jazo olarlar
Olovli daryoda suvsiz qolarlar
Do`zahda o`tildik
Qaxshab yonarlar
Bu vaxshi dunyodan rozi ket bolam

Bolajon jon bolam
Farishta bolam
Bolajon jon bolam
Begunoh bolam

Kichkina vujuding ulkan kemadek
G`arq bo`lib titrati butun jahoni
Mitti yurakineng ursa qaniydi
Eh ko`rardin yurtimni
Janat makoni.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика