“Jarimachi” Shahzoda, YTHga uchragan Sitora, tartibli Muqaddas, tezkor Zarina. Aktrisalar necha marta haydovchilik guvohnomasini oldirgan?

kod

Yo‘l harakati qoidalariga barcha birdek amal qilishga majbur. Jurnalist Feruz Muhammad kino olamidagi yosh aktrisalarning necha marotaba haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘ygani, necha yildan buyon mashina boshqarayotgani va shu vaqtgacha necha so‘m jarima to‘lagani bilan qiziqdi.

Shahzoda Muhammedova

Foto: Instagram

O‘n sakkiz yoshimdan avtomobil boshqarib kelaman. Shu vaqtgacha juda ham ko‘p marotaba qoida buzganim uchun to‘lagan jarimalarim ham esimda qolmagan. Son-sanoqsiz marotaba guvohnoma oldirganman. Tezlikni oshirganim uchun, kamar taqmaganim sababli ko‘p pand yeganman. So‘nggi vaqtlarda ko‘chalarga kamera o‘rnatilgani bois, to‘lagan jarimalarim yanada ko‘paydi.

Muqaddas Sa’dullayeva

Foto: Instagram

Men juda ham tartibli haydovchiman. Har qanday shoshilinch vaziyatlarda ham rulga o‘tirdimmi, yo‘l qoidalariga amal qilib, shoshilmasdan yuraman. Shu vaqtga qadar biror marotaba ham haydovchilik guvohnomamni oldirmaganman.

Sitora Alimjonova

Foto: Instagram

Haydovchilik guvohnomamni 6-7 marotaba, mashinani tez boshqarib, radarga tushganimdan so‘ng olib qo‘yishganini eslay olaman. Umumiy qancha jarima to‘laganimni eslay olmayman-u, ammo faqat tezlikni oshirganim uchun jarimaga tortishgani yodimda.

Zarina Nizomiddinova

Foto: Instagram

Besh yildan buyon mashina boshqaraman. Shu yillar mobaynida ikki marotaba haydovchilik guvohnomamni oldirganman. Ikki marotaba ham tezlikni oshirganim uchun "jazolanganman”.

Sitora Farmonova

Foto: Instagram

O‘n uch yildan buyon mashina boshqaraman. Shu yillar mobaynida haydovchilik guvohnomamni YTHga uchraganim uchun ikki marotaba oldirganman. Bir marta kamar uchun adashmasam 30 ming so‘mcha jarima to‘laganman. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib, tartibli haydovchi bo‘lishga harakat qilaman. Xudoga shukr, yuqorida sanab o‘tganlarimdan boshqa javobgarlikka tortilmaganman.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика