Milliarderlar kimlarga yordam berishadi? 2017 yilning eng yirik 10 xayriyasi

kod

Har yili milliardlab dollarlar dunyoning eng badavlat kishilaridan xayriya tashkilotlari hisoblariga o'tadi. 2017 yilda Forbes ro'yxatidagi aksariyat milliarderlar tibbiyot va ilm-fan rivojiga katta mablag'lar ajratishdi.

Xayriya bilan bog'liq xabarlar bilan bo'lishuvchi The Chronicle of Philanthropy har yili eng yirik pul ajratmalari haqidagi ma`lumotlarni taqdim etadi. 2016 yilda eng yirik 10 xayriya umumiy hisobda 4,3 milliard dollarni tashkil qildi. Joriy yilda umumiy summa 10,2 milliard dollarga yetadi.

2017 yilning eng yirik xayriyalari ro'yxatiga 1 milliard va undan ortiq summaga teng pul ajratmalari boshchilik qiladi. Ularning bari texnologiyalar ortidan pul ishlagan badavlat xayriyaparvar kishilardan kelib tushgan.

Eng yirik xayriya Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning turmush o'rtog'i Melinda tomonidan amalga oshirilib, ular 2000 yilda kompaniya aksiyalarining 4,6 milliard dollarini Bill va Melinda Geyts fondiga o'tkazishgan. Uning faoliyati butun dunyo bo'ylab sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish, turmush sifatini oshirish va ta`lim loyihalarini yo'lga qo'yishga yo'naltirilgan. Forbes ma`lumotlariga ko'ra, fond kapitali taxminan 40 milliard dollarni tashkil qiladi, Geytsning shaxsiy boyligi esa 92 milliard dollarga yetdi.

Geytslar ortidan Facebook asoschisi Mark Tsukerberg va uning turmush o'rtog'i Pristsilla Chan Chan Zuckerberg Initiative tashkilotining notijorat bo'limi hisoblangan Chan-Tsukerberg fondiga 1,9 milliard dollar o'tkazishdi. The Chronicle of Philanthropy xabariga ko'ra, mablag'lar ta`lim loyihalari, uy-joy qurilishi, ilm-fan va jinoiy adliya tizimini takomillashtirishga yo'naltiriladi. Forbes ma`lumotlariga muvofiq, Tsukerbergning moliyaviy holati 75,8 milliard dollarga baholanadi.

The Chronicle hisobotiga ko'ra, uchinchi eng yirik xayriya Dell kompaniyasi asoschisi Maykl Dell va uning turmush o'rtog'i Syuzen tomonidan amalga oshirilgan. Dellar juftligi shaxsiy xayriya tashkiloti - Maykl va Syuzen Dellar fondiga asos sifatida 1 milliard dollar ajratgan. Forbes mutaxassislarining so'nggi hisobotlariga ko'ra, Maykl Dellning boyligi 24 milliard dollarga baholandi.

Ta`kidlash joizki, The Chronicle'ning yirik xayriyalar hisobotiga ommaviy ravishda e`lon qilinmagan xayriyalar kiritilmagan. Bundan tashqari, unda san`at buyumlari yoki anonim sovg'alar shaklidagi xayriyalar tilga olinmagan.

The Chronicle ma`lumotlariga ko'ra, moliyachi Jorj Soros 2017 yilda umumiy summasi 1 milliard dollardan oshuvchi qator xayriyalarni amalga oshirigan, biroq ular ushbu ro'yxatdan joy olmagan, zero mablag'lar yagona yirik xayriya shaklida bo'lmagan.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика