O'lmas Olloberganov "Onam" deya nola qildi

kod

Milliy estrada yo‘nalishida ijod qiluvchi sohirovoz sohibi O‘lmas Olloberganov bir yil davomida ijodiy tanaffusda bo‘lgani sababli yangi taronalar taqdim etmadi. Ammo, ko‘pchilikning qalbidan joy olgan “Kutaman”, “Parizod”, “Azizim”, “Go‘zalsan” kabi qo‘shiqlari hamon radioto‘lqinlar orqali jarang sochmoqda.

Ijodini yana davom ettirishni boshlagan xonanda bilan uchrashganimizda, uning muxlislariga yaralgan yangi qo‘shiqlari ko‘pligi, ularning ayrimlariga tez kunda videoklip suratga olish rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi. Aslida, ijodida to‘xtalish kuzatilgan bo‘lsa-da, bir zum ham san’atdan yiroq bo‘lmagan O‘lmas Olloberganov bugun “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali “Onam” nomli yangi qo‘shig‘ini muxlislariga armug‘on etdi. Mazkur dardli taronaning matni Nodir Azimov qalamiga mansub bo‘lib, musiqasi xonandaning doimiy hamkori Iqbol Muhammadjonovga tegishli. Aranjirovkasini esa Jasur Badalboev amalga oshirgan.


Ma’lum bo‘lishicha, “Onam” nomli qo‘shiq yaratilganiga bir yildan ortiq vaqt o‘tgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra u keng ommaga taqdim etilmagandi. Bugun uni tinglab baho berishingiz mumkin. Yaqin kunlarda mazkur tarona uchun videoklip suratga olish ishlari boshlanadi. Bu haqda esa keyinroq xabar beramiz.      

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика