Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang (Qo'shiq Matni)

kod

Qadamingdan xato gumonlaydilar,
Uchragan kimsaga yomonlaydilar.
Senga omad kelsa tutarlar motam,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

Kerak bo‘lsang darrov toparlar lekin,
Ishing tushsa bir-bir qocharlar sekin.
Kerak bo‘lsang darrov toparlar lekin,
Ishing tushsa bormi qocharlar sekin.

Yelkangga or tushib g‘iybatlar yuki,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

Odamlar odamlar ne bo‘ldi sizga,
Qalbingiz bunchalar to‘lmoqda muzga.
Tashvishingiz yo‘qmi hasad hanuzga,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

Pul nima? Pul qo‘lning kiri deydilar,
Pul uchun bir-birin go‘shtin yeydilar.
Oyog‘ingdan chalmay yasholmaydilar,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

Bir eslab qo‘ymaslar yo‘limga zor deb,
Ahad Qayum degan bir shoir bor deb.
Bir eslab qo‘ymaslar yo‘limga zor deb,
Sardordek qadrdon bir do‘stim bor deb.

Mening davrim keldi bizning bozor deb,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Ey yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика