Shaxboz ft. Navruz - Arzon Sevgi (Qo'shiq Matni)

kod
Sevgi deganlari birdan yo'q bo'larmu
Yoki qiymati shuncha arzon bo'larmu
Sevishganlar bir biridan tez to'yarmu
Yor degani shunchalar oson kecharmu [x2]

Tunu bo'yi bitta savol uxlatmadi tongacha
Sabrim yetib bormadi o'ylayverib javobgacha
Yorim ko'ngli bo'lganmikan oz bo'lsa ham zarracha
Yo yolg'onmidi so'zlari ishondim shu kungacha

Menga bergan vadalari bitta bitta yodimda
Qay ahvolda bo'lsam bo'larman degandi yonimda
Endi sevgi parchalanib ketmoqda ko'z oldimda
Neqilarim bilmay hech narsa kelmadi qo'limdan

Sevgi deganlari birdan yo'q bo'larmu
Yoki qiymati shuncha arzon bo'larmu
Sevishganlar bir biridan tez to'yarmu
Yor degani shunchalar oson kecharmu [x2]

Kechagina kulib turib yurgan edi mehribon
Bugun esa zarracha mehr qolmadi men tomon
Barcha ayb menda bo'lsa mayli bo'lay men yomon
Hech bo'lmasa xayrlashib ket dep qo'yay bo'l omon

Shuncha maktublar yozdim lek bitta ham yo'q javobi
Bunchalar og'ir bo'lmasa bevafo yor azobi
Nur sochar ekanmi yo'llarimga sevgi oftobi
Yuragimni ezar tinmay savollarning girdobi

Sevgi deganlari birdan yo'q bo'larmu
Yoki qiymati shuncha arzon bo'larmu
Sevishganlar bir biridan tez to'yarmu
Yor degani shunchalar oson kecharmu [x2]

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика