Ummon - Dardlar (Qo'shiq Matni)

kod
Tunlari bedor tuyg'ular vafodor
Xotiralar har dam qilur jonim abgor
Dambadam dilda alam ko'zimga nam
Berur har dam ne qilsa ham hissiz sanam
Men tomonga bir qo'ymas qadam
 
Dardlar erta kechu tinch qo'ymaydi meni
Bir bor kelib holi jonim so'rasa edi
Dardlarimga davoligini bilmaydimu yor
Barchasini bilsada ul qilmaydi parvo [x2]

Dardlar ertayu kech tinch qo'ymaydi
Yoki u bilmaydi bilsada kelmaydi
Mani shu holimni yurak madorimni
Foizini 1 qildi qo'ydi so'ginchim to'ydi

Boray desam g'urur yo'l qo'ymaydi
O'zi ham chaqirib qo'ya qolmaydi
Namuncha osmonlardan kelmaydi
Mani jonajonim yagonagina yorim
(Faqat o'zini o'ylaydi...)

Bevafo emasman deya aldadi
Bir gado o'ziga savdoyi sayladi
Ul tanho undan o'zgalar bo'lmadi

Dardlar erta kechu tinch qo'ymaydi meni
Bir bor kelib holi jonim so'rasa edi
Dardlarimga davoligini bilmaydimu yor
Barchasini bilsada ul qilmaydi parvo [x2]

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика