ZARINA NIZOMIDDINOVA UNI “O`ZBEKChA KIM KARDAShYaN” DEGANLARGA JAVOB QAYTARDI

kod

Ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop guruhlardan biri aktrisa Zarina Nizomiddinovani o`zbekcha "Kim Kardashyan” deb atadi. Mazkur surat internet foydalanuvchilari tomonidan qizg`in muhokama qilindi. Ayrimlar aktrisani plastik jarrohlik yordamida qomatini o`zgartirganini, boshqalar esa Zarina bunday natijaga sport bilan shug`ullanish orqali erishganini yozdi. Nizomiddinova bu suratda fotoshopdan foydalanganini ta`kidlaganlar ham bo`ldi.


Aktrisaning o`zi esa mazkur holatga quyidagicha baho berdi:

"Kun davomida menga qandaydir guruhlarda e`lon qilingan suratlarimni jo`natishmoqda. Shunchalik kshp insonlar o`z vaqtini ayamay uyimning devorlarini muhokama qilishgani albatta yoqimli holat. Aziz muxlislarim va shunchaki kuzatuvchilar, o`zingizni ko`zguda suratga olayotganingizda devorlarning boshqacharoq ko`rinishi har birimizga tanish. Ba`zan suratlarimda devordagi gulqog`ozlarning buzilib ko`rinishidan o`zim hayratga tushaman. Men fotoshopga muhtoj emasman. Yaratganga shukurki, U menga(ko`pchilik boshqa ayollarga berganidek) go`zallik va sabr-toqatni hadya etgan. Ko`pchilik mening plastik jarrohlar xizmatidan foydalanganim haqida yozmoqda. Sevimli muxlislarim agar men o`zimda nimanidir o`zgartirsam, bu haqda albatta, sizlarga ma`lum qilaman”,—deb yozadi Zarina.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика