Eslolmagan Dostingiz

kod
Diydoringiz menga armon bo’lib qoldi, 
Yuragimga hasratingiz to’lib qoldi, 
Orzularim g’unchalari so’lib qoldi, 
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz 
Eslolmagan Do`stingiz kelib ketdi 

U yo’llarda adashmadi karvoningiz, 
Bag’ringizni ezmadimi armoningiz, 
O’ksitmasmi ortda qolgan imkoningiz, 
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz. 
Eslolmagan Qadringiz eslab ketdi 

Balki unut bo’lib ketgan bizning nomlar, 
Bizsiz otar tonglar, bizsiz botar shomlar. 
Bilmam, kimga ko’rsatarsiz ehtiromlar- 
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz. 
Tutashtirmay bizni Yiglab ketdi 

Ayro tushdi yo’llarimiz, qismat ekan, 
O’kindim men, tovonimga to’ldi tikan. 
Yorim, sizning to’rt muchangiz omonmikan, 
Borsa-kelmas bo’lib ketdi yo’llaringiz. 
Yiglolmagan Yollaringiz yiglab ketdi

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика