Azob
Дата релиза:
Просмотров: 158
Просмотров: 158
Средний балл: 0
Bu oqshom dard yuragimga,
Ayamasdan berar azob.
Chidolmadim qo'lda may, lek,
Ololmadi dardim sharob.
Bag'rim battar yaralayman,
Ko'rib, tushgan suratlaring.
Yuragimni ayamayman,
O'qib, yozgan shum xatlaring.
Nega xatlar to'xtab qoldi,
O'tmishdamu endi bari?!
Ko'chalarda ko'rib qolsang,
O'tar bo'lding mendan nari…
Endi ayt-chi, suratlaring
Nima qilay? Yoqayinmi?
Yo yurakka azob berib,
Oqshomlari boqayinmi?
Xatlaring-chi? Daryolarga
Otar bo'lsam toshib ketar.
Yo daryo ham chidolmayin,
Bu yerlardan qochib ketar.
Osmonlarga otar bo'lsam,
Ovunmasdan yig'lar osmon.
Yer ostiga ko'mar bo'lsam,
Yer yorilib, chiqar vulqon.
Yo'q! Yaxshisi shum xatlaring,
Cho'ntagimda bo'la qolsin.
Yoqsa mayli, meni yoqib,
Mening jonim ola qolsin.
- Теги:
AZOB
Ваши отзывы
- Коментарии