BUNI SEVGI DEYDILAR!
Дата релиза:
Просмотров: 234
Просмотров: 234
Средний балл: 0
Kimlar sevib kuydilar,
Ishonmay ham qo'ydilar,
Bu hayotmas, bu tushmas-
Buni sevgi deydilar.
Charsillaydi qadamlar,
O'tda yonar qalamlar,
Tushuning ey odamlar,
Buni sevgi deydilar.
Qorningizni to'ydirmas,
Zardan libos kiydirmas,
Jonni olar bildirmas,
Buni sevgi deydilar.
O'limdan ham qutqargan,
Bo'yningdan dor o'tkargan,
Chidaganga chiqargan-
Buni sevgi deydilar.
Kimlar jondan to'ydilar,
Bilib-bilmay suydilar,
Hamon oshiqdir Ahad-
Buni sevgi deydilar.
Ваши отзывы
- Коментарии