Dil yarasi....!!!

kod
Qadrdonim mehringizni o'tga tashlab., 
Menga bermay alamlarda kuydirdizmi...? 
Soddaligim,  sof sevgimdan foydalanib, 
O'zga gulga o'zingizni suydirdizmi...? 

Ne taqdirki dilginamning bitmaydigan, 
Yaralarin sho'r tuzlarga to'ldirdizmi...? 
Muhabbatim o'zginamga xanjar etib, 
O'z sevgimla meni abad o'ldirdizmi...? 

Qon yig'latib men g'aribning dili hasta, 
Tikoni bor gullarizni kuldirdizmi...? 
Mehringizla o'say degan rayhoningiz, 
Parvo qilmay ishqingizda so'ldirdizmi...? 

Azoblanar tanimdagi mitti yurak, 
Nina ila ismiz yozib o'ydirdizmi..? 
O'zgasiga boqolmayman ojiz ko'zlar, 
Bu ko'zlarga aksdan tamg'a qo'ydirdizmi...? 

Balki bir kun qon yig'larsiz ismim aytib,
Qabrim uzra men sevgan gul rayhon ila, 
Yuragizda bitta o'tinch ko'zizda yosh, 
Meni kechir Mohinurim kechir deya......!!! 

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика