Erka menga yoqadi
Дата релиза:
Просмотров: 140
Просмотров: 140
Средний балл: 0
Bir suluv bor pinhona,qoshin menga qoqadi,
Ako degan so‘zidan , dilim erib oqadi.
Nozlanishi bir go‘zal,tillari qand-u asal,
Erka qizlar ichinda, Erka menga yoqadi.
Xat yozadi sog‘indim,yondim
,o‘ldim,kuydim deb,
Qayerdanam sizdayin bevafoni suydim deb,
Gapirsa ham har doim shu sevgidan to‘ydim deb,
Erka qizlar ichinda, Erka menga yoqadi.
Arazlasa haftalab qovog‘in solib yurar,
Bir borgina gap otsam sollanib to‘lib yurar,
Bilsa edi shu go‘zal, qalbimda yolg‘iz turar,
Erka qizlar ichinda, Erka menga yoqadi.
Mayli biroz shaddod qiz ,mayli biroz osmonroq,
Undan yaxshi topmaysiz,topolmaysiz yomonroq,
O‘ylaganni o‘zida qalbimda turar titroq,
Erka qizlar ichinda, Erka menga yoqadi.
Ko‘rsangiz aytib qo‘ying,bo‘ldi sog‘indim uni,
Hijron meni azoblar,azoblar sog‘inch tuni,
Sevishimni aytinglar, ha yana mana buni-
Erka qizlar ichinda,Erka menga yoqadi....
Ваши отзывы
- Коментарии