INTERNETDA TANISHMAM.

kod
"INTERNETDA TANISHMAM" 

Facebook-da tanishdim 
Hurliqo bir qiz bilan. 
Ertasi kun ko'rishdim, 
Lablari qirmiz bilan. 

Husniga gap yo'q ammo, 
Juda ham makkor ekan, 
Ko'nglin topish muammo, 
Ko'p shartlari bor ekan. 

Uyda qop-qop tillasi, 
Bo'lsin ekan yigitning. 
Maldivada villasi, 
Bo'lsin ekan yigitning. 

Bu qaysar qizga aslo, 
Piyoda yoqmas ekan. 
Lamborjini- moshinam 
Bo'lsa yo'q demas ekan. 

Mashhur Jastin Biberdek 
Kuylashim kerak emish. 
Kamida Jonny Deppga, 
O'xshashim kerak emish. 

Facebookdan topganim 
Xomxayolga band chiqdi. 
Oddiy qiz deb o'ylasam, 
Dimog'i baland chiqti. 

Bo'ldi kettim, tushdi kech- 
Deya qochdim men shu dam. 
Qizlar bilan endi hech. 
Internetda tanishmam. 

/ Alisher Muqumov

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика