KET... dedingiz men butkul ketdim...

kod
KET"..! dediz men  ketdim butkul
Shu so'z uchun sizdan  kechdima?
To'g'ri sevish siz uchun  mushkul
Lek sevdirish sizga hech  nima...
 
Qarang yashab yuribman  hamon
Orzulardan butkul voz  kechib
Umidlarni chetga suraman
Armonlarning bo'ynidan  quchib.
 
Qaylardasiz, ko'rgim  kelyabdi
Bir ko'rmagan ruxsoringizni
Gox qo'ng'iroq qilgim  kelyabdi
Eshitmoq uchun ovozingizni
 
Raqamingiz qayta teraman
Chaqiruvni bosmayman  faqat
Chunki, aniq-tiniq bilaman
Suxbat uchun sizda yo'q  toqat...
 
Bo'ldi. Yetar. Bu yuragimga
Qachongacha azob beraman
Yuragingiz raqamlarini
Yana qayta qayta teraman...
 
Operator qiz bo'lsa kerak
Axir shunday ovoz kelyabdi:
-Siz qo'ng'iroq qilgan bu  yurak
Do'stingizga javob  beryabdi..

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика