KOMRONMAN - Alisher Muqumov
Дата релиза:
Просмотров: 178
Просмотров: 178
Средний балл: 0
Komronman har sahar yoningda uyg'onsam agar,
Sen uchun qurbon bo'lib parvonadek yonsam agar,
Eru ko'kka yolg'izim hatto ishonmasman seni,
Hech ajablanma o'zimdan zor qizg'onsam agar.
Komronman ko'zlaringda aks etib tursam mudom,
Soya bo'lsam senga jonim, ergashib yursam mudom,
G'amga maskan olam ichra g'amgusoring ham bo'lib,
Asrasam begona ko'zdan, senga qayg'ursam mudom.
Komronman lablaringga oshno bo'lsam agar,
Boshqalar joy topmagan qalbingga jo bo'lsam agar.
Senga qayg'u, dardu g'am aslo yaqinlashmas, ishon,
Shodligim, shodliklaringga ibtido bo'lsam agar.
Komronman bir nafas sen ham meni yod aylasang,
Bir safar tashrif etib tanho dilim shod aylasang.
To ki yoshlik bor ekan kel, umrimiz mangu emas,
Kech bo'lar mendan keyin ishqimda faryod aylasang.
/ Muallif: Alisher Muqumov /
Ваши отзывы
- Коментарии