Lekin sevib ulgurgan edim.

kod
Qo`rqar edim sevib qolishdan
Kechalari yo`qolgan orom,
So`roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo`rqar edim sevib qolishdan.
So`zlashardim sen bilan to`lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba`zan faqat xayolga tolib,
Qo`rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo`rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o`ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo`rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика