Мендек севмайди...

kod
Kechiringiz, ishqli nigoh ila endi qaray olmayman,
Ketgan bo'lsangizda sizga yomonliklar tilay olmayman...
Qalbda mehmon bu ishqning boshin ortiq silay olmayman,
Kechiringiz... Avf etingiz unutmoqni istay olmayman...

Borligingiz sevinchim, baxtingiz baxtim,
Sizni sevmog'im bu - eng shirin axtim....
Zaminlarga sochursizmi shu yarim baxtim...
Mendayin noshudni ravo ko'rmang o'zingizga...

Loyiq erursiz to'kis baxtning ulug'iga,
Yurmang zinhor shaytonlarning yo'rig'iga.
Sevgi tuting ko'ngli yarimmas, to'lig'iga,
Ishqingizga yorim zinhor arzimasman men.

Ko'zlarimning gavhari bo'lsangiz nogoh,
Abad kiprigimla asrardim sizni,
Dunyo g'amlaridan bo'lmasdim ogoh,
Umrbod yumib ham yashardim ko'zni...
Gar ko'ksimdagi yurak siz bo'lsangiz,
Tanho men yashashim uchun urib tursangiz...
Shundagina bir qatra ham yig'lamas edim,
Sizdek bebaho yurakni aslo tig'lamas edim...
To'yib qolsangiz bir kun bevafolar makridan,
Quvilsangiz shubha-gumon shahridan...
Aslo cho'chimang Sirli_qizning qahridan,
Shu damda ham u sizni kutmoq ila ovvora bo'ladi,
Qaytsangiz gar - shodliklari to'lib favvora bo'ladi.
Shundagina yarimtagina yuragi bir umrga to'ladi...

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика