Muniradek

kod
Omaddanmi yoki taqdirdan?
Sevganimga yetisholmadim.
Sof tuyg'ular bo'ldiku xazon,
Chin sevgimga erisholmadim.
Omadsizman desam hayotda,
Bir go'zalni suydiroldimku.
Birga o'tgan qisqa muddatda,
Sevgi zavqin tuydiroldimku.
Taqdir desam taqdirda ne ayb,
Uchrashuvga sababchidir u,
Farishtamni menga yuborib,
Yuragimga soldiku tuyg'u.
Hamma ayb asli o'zimda,
Notovonman, jur'atsiz inson.
Meni sevib kurashgan qizga,
Kurashmadim men o'zim nodon.
O'zgani xech seva olmayman,
O'zga yorga yurak ko'nmaydi.
Muhabbatim, YAGONA SEVGIM,
Muniradek xech kim bo'lmaydi...

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика