Muniraga

kod
Gul yuzingda quvonch to'lganida ham,
Qayg'udan ko'zlaring bo'lganida nam.
Yolg'izliging senga qilganda alam,
Meni bir bor esla, esla Muniram.
Hayotim tongida bo'lding bir shabnam,
Ruximdan voz kechib turganda tanam.
Ko'zimga qorong'u bo'lganda olam,
Meni ham bir eslab qo'ygin Muniram.
Dardinga o'zga yor bo'ladi malham,
Dunyo yaralgandir azaldan bir kam.
Sen baxtli bo'lasan yig'lama erkam,
Beg'ubor damlarni esla Muniram.
Bu she'rni yozyapman, qo'limda qalam,
Qalbimdan faryodim, chiqadi nolam.
Senga yetmaganim qiladi alam,
Shu chog'da bir lahza esla Muniram.
Endi she'r yozmasman, to'ldi paymonam,
Bu she'rim eng so'nggi eshit yagonam.
She'rlarim hayoling chulg'agan bir dam,
Shoir Tohirni ham esla Muniram...

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика