Sen bilmaysan

kod
Sen bilmaysan mening kimligim,
Bilganing ham aslida yolg‘on.
Dunyoyimga kirmoq istama,
Kirsang qaytib chiqmassan omon.


Sen bilmaysan mening kimligim,
Kech bo‘lmayin kechaqol mendan.
O’zgalarning aybi deb tag‘in,
Alamimni olmayin sendan.
 

Sen bilmaysan mening kimligim,
Azoblardan ezilgan qalbim.
Meni emas, boshkani tanla,
O’zga bilan qolgandir yarmim.
 

Sen bilmaysan mening kimligim,
O’ylovlarda qolgandir boshim.
Qayerdan ham bilarding ahir,
Kechalari yig‘lab chiqishim.
 

Sen bilmaysan mening kimligim,
Ixtiyorim kishanlangan-o!
O’zgalardan farqim shul mening,
Istaklarim bo‘lmagan bajo.
 

Sen bilmaysan mening kimligim,
Men daryoman, dard bo‘lib oqqan.
Quvnoq qizcha edim ilgari,
Bir zamonlar kimgadir yoqqan.
 

Sen bilmaysan mening kimligim,
O’zligimni yoqotdim afsus
go‘zal baxor kaytgani bilan
qalbim ichra-xuvillagan kuz

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика