Sen ketgan kun...

kod
Sen ketgan kun alamlarda yonib qoldim

Azoblaring jon jonimdan o'tib ketdi

Birinchi bor taqdirimdan nolib qoldim

Yuragimni daydi yellar yulib ketdi

 

Sen ketgan kun hayotimdan o'chdi mano

Bo'shab qoldi hovillab bu ojiz qalbim

Sensizlikda qolib ketdim o'zim tanho

Tuproq bilan bir bo'ldiku mag'rur qaddim

 

Sen ketgan kun quvonchlarim topdi yakun

Hayot rangsiz bunda faqat oqu qora

Ayriliqning qo'lida men ojiz tutqun

Bunda qochib keta olsam edi zora.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика