Xurshidamga

kod
Sen meni kutgansan, izladim men ham. 
Olti yil oʻtibdi oradan qara. 
Oʻzganing choʻrisi boʻlgan malikam. 
Endi mening qalbimda yayra. 

Sabringni oldida togʻlar xijolat. 
Sevgingni men uchun , saqlab omonat. 
Kutgansan birkuni, eshiging qoqib. 
Olib kelishimni senga muhabbat. 

Qayerlarda edim, qayerda edim? 
Yor-yor aytilganda , senga majburan. 
Oradan olti yil oʻtganda keldim. 
Men oʻsha sen kutgan, muhabbatingman. 

Endi kulgin baxtiyorlikdan. 
Xech yigʻlama ishqqa zorlikdan. 
Ikki qush qafasdan qutulgan kabi. 
Qutildik ikkimiz intizorlikdan. 

Unut endi oʻtgan yillarni. 
Tabassum qil, koʻzimga qarab. 
Sadoqat bogʻlasin dillarimizni. 
Yuraklar mehrdan yashasin yayrab. 

Mayus nigoxingda, kulgu uygʻonsin. 
Igʻvogar yomonlar lol boʻlib qolsin. 
Baxtga, muhabbatga zor bo'lgan qalbing. 
Mehrimning taftidan qayta uygʻonsin. 

Axir sen loyiqsan baxtli yashashga!!!! 

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика