Ayriliqdan qo'rqar edim
Дата релиза:
Просмотров: 240
Просмотров: 240
Средний балл: 0
Seni qalbingda birdona o'zim edim,
Gullar tutib yo'llaringda shaydo edim.
Ishonmaydi xamon ko'rgan bu ko'zim,
Xiyonat ildizlari tushib yanchar qalbim,
Ayriliqdan jonim yomon qo'rqar edim.
Kimki suysa jondan yomon kuyar ekan,
Ermak bilib orzulardan qochar ekan.
O'zi emas vaqt xanjari yuragin uzar ekan,
Xiyonatning ildizlari tushib yanchar qalbim,
Ayriliqdan jonim yomon qo'rqar edim.
Yosh boshingda sevging xam beboshmi,
Men emas o'sha kazo qadringa tengdoshmi?
Dil rozining qadri bitta zeb-u tillaqoshmi,
Xiyonatning ildizlari tushib yanchar qalbim,
Ayriliqdan jonim yomon qo'rqar edim.
Sog'inchimning sadolari kezar kechalari,
Qolmadi izlab seni kirmagan ko'chalari,
Kuyib ketsin begonaning tutgan qo'llari,
Xiyonatning ildizlari tushib yanchar qalbim,
Ayriliqdan jonim yomon qo'rqar edim.
Berar balki taqdir dardlarimga bir davo,
Tan olaman sevishda men qildim xato.
Tilayman gulyuzim senga bahtli vafo,
Shu kungacha shunchalar ezilmagandim,
Ayriliqdan jonim yomon qo'rqar edim...
- Теги:
Ayriliqdan, qo'rqar, edim
Ваши отзывы
- Коментарии