Ko'rnamak farzand nolasi

kod
Bu dunyoni besh kun ammo sinov derlar
Yengib o'tmoq mumkin faqat toqat bilan
Menga toqat emas onam bo’ldi tirgak
Menchi nodon dil tutmadim shafqat bilan

Malikalar quchog'ida yotdim debman
Ishrat bilan o’zni baxtga otdim debman
Asli iymon vijdonimni sotib yebman
Baxtni topib bo’lmas ekan ishrat bilan

Asli mushfiq onam edi jonga malxam
Jon tutardi dard to’shakda yotganda xam
Onang omon bo’lsin deb qo’l tutgan tog'am
Kayf safoga baxam ko’rdim ulfat bilan

Ko’rdim burda nonni ko’zga surtganlarni
Mexnat qilib roxatmas qon yutganlarni
Ko’z oldimda xayvon kabi otganlarni
Yashar edi do’st tutinib kulfat bilan

O’zga yurtda qul bo’lganim qilar alam
Kafangado bo’ldi do’stim, tuproqda xam
Vatanga zor unsizgina ingrar nolam
Dunyo ko’rib bosgan yo’lim ekan tikan

Qani orom bo’lsa shomu saxarlari
Xamon tilar ortdan urgan xanjarlari
Ko’rdim dustning "oldinda baxt" deganlari
Asli do’stmas qo’ynimdagi ilon ekan

Onamni xam eltolmadim so’ngi yo’lga
Tobutlari o’tib bordi qo’ldan qo’lga
Jonsizgina vujudi xam mendek qulga
So’ngi diydor umidida kiydi kafan

Keldim ona qoshingizda mana men nodon
Ikki dunyo orasida tutdingiz jon
Jonim tilab xatto ruxi bo’lgan sarson
Onamm dardi tuproqdayam farzand bilan

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика