Muhammad Yusuf xotirasiga

kod
She'rlaringiz qalblardan joy böldi bugun,
Ruhingiz jannatga jo bölsin albat,
Hayot bölganingizda poyingiz olgum,
Navoiy shogirdi Ustoz Muhammad.

Bir qalamla dunyoni qölga oldingiz,
Zarvaraqlar bilan tilga soldingiz,
Nomingiz tarixga joylangay albat,
Ey foniy shogirdi ustoz Muhammad.

She'rlaringiz har dilni larzaga solar,
Yomonning qalbidan g'arazni olar,
Yaxshilikga qilibsiz, qilib-siz da'vat,
Ey foniy shogirdi ustoz Muhammad...

30 yil mobaynida shuncha sher g'azal,
Tarixdan joy olar abadul abad,
She'ringiz nomingiz bunchalar gözal,
Ey Foniy shogirdi
ustoz Muhammad...

Botir diydoringiz körish qumsaydi,
Sizdaka ijodkor bölish istaydi,
Ayting sizdakasin qaydan izlaydi,
Ex Foniy shogirdi Ustoz Muhammad...

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика