O'zingizni ehtiyot qiling!

kod
Ko'zlar hali ko'rib turganda, 
Yurak hali urib turganda, 
Oyog'ingiz yurib turganda, 
O'zingizni ehtiyot qiling! 

Baxt kelganda suyunib ketmang,
G'am kelganda kuyunib ketmang. 
Sokin yashang, osuda yashang, 
O'zingizni ehtiyot qiling!

Tortishuvda bir so'zdan qolib,
Noxush gapni hazilga olib,
Dil ozorni xudoga solib,
O'zingizni ehtiyot qiling!
 

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика