Seni o‘ylayapman...

kod
Seni o‘ylayapman...
Qaydadir sen ham,
Olis yulduzlarga 
Termulasan jim...
Kimnidir kutasan
Intiqib shu dam.
Men hali bilmagan,
Dilgir malagim.

Kichik bir nuqtada,
Jamuljam xayol...
Yo‘l qarab charchagan
Nigohing g‘amgin.
Toliqqan qarashda 
Son mingta savol,
Orasta qalbingga.
Bermayapti tin.

Iching anor kabi.
Qizillikka g‘arq,
Har bitta donasi â€"
Azobing, darding.
Ayt nega jim tiling,
Sarvinozi Sharq,
Bunchalik sabrni 
Qaerdan olding?

Bitmas matonat-u
Tuganmas toqat,
Va jindek tabassum,
Ko‘zlaringda jo.
Yuraging aqlingdan
Istaydi shafqat,
Har bitta zarbasi â€"
Yuzta iltijo.

Bas, yetar!
Qiynoqli damlaring
Ortda,
Unutib g‘amlarni, 
Shodon kulamiz.
Ezgulikka to‘la
Ko’rkam hayotda,
Albatta ikkimiz 
Baxtli bo‘lamiz...

Sog‘inib, o‘rtanib,
Entikib yonib,
Seni o‘ylayapman...

Kamina
2007 yil

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика