Sog'inish

kod
Sog'inish
Armonning toshidan qurilgan,
Kulbada yotaman jimgina,
Devorlar shivirlar betinim,
"Otangni soginding, qizgina.."

Ukinch ham ilondek buralib,
Bugishni boshlaydi tezgina,
Urindiq gijirlar, kuy chalib,
"Otangni soginding, qizgina.."

Urnimdan turaman otilib,
Jom tomon uzalar qullarim,
Suvga-da jon bitar, pichirlar,
"Otangni soginding,qizgina.."

Kuchadan izlayman panohni,
Shamolda havoning tisgini,
U meni kuriboq soch yular,
"Otangni soginding,qizgina.."

Hech bulmas,qaytarman yotoqqa,
Otamning nigohi har yoqda,
Surati.. suz demas,zorgina
"Otangni soginding,qizgina.."

Alamning qadami uzilmas,
Ey, Hudo, bir yupanch bergina?!
Samodan sas kelar, nur kabi,
"Otangni soginding,qizgina.."

Besh yilki, uzimni yuqotdim,
Keng dunyo tor buldi kuzima,
Tong ham hurkibgina uygotdi,
"Otangni soginding, qizgina.."

Uzga honadonga ketar kunimda
Men kimning tiziga uray boshginam,
Sarpolar yiglaydi usha tunimda,
"Otangni soginding, qizgina.."

Gohida ut quygim keladi,
Shifohona derlar, qiziga?!
Ulim qah-qah urib kuladi,
"Otangni soginding,qizgina.."

Tutmadim sunggi bor qulidan,
Kuzata olmadim qabriga,
U hamon kutadi begina,
"Otangni soginding,qizgina.."

..Nihoyat, elitar shum charchoq,
Tushimda qabrida qizgaldoq,
Tebranar ohista,birgina,
"Otangni soginding,qizgina.."

Azizlar, bulurmi u rozi?
Qabriga tiz chuksam, bosh ursam,
Banogoh, jaranglar ovozi,
"Bahtingni bersina qizginam,
Bahtingni bersina qizginam..."

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика