Ajoyib aylanma (Prikol)

kod
Firma rahbari sekretariga:

— Bir haftaga komandirovkaga boramiz, uyingizga xabar bering, - debdi.

Sekretar eriga telefon kilib:

— Men bir haftaga komandirovkaga ketayapman, - debdi.

Er paytdan foydalanib o‘ynashiga telefon qilib:

— Bir hafta menikida turasan, xotinim yo‘q, - debdi.

O’ynashi repititor ekan, o‘quvchisiga telefon qilib:

— Bir hafta o‘qitolmayman, bir oz dam olgin, - debdi.

O’quvchi bobosiga telefon qilibdi:

— Bobojon meni bir hafta darsim yo‘q ekan, meni shahar aylantiring.

O’quvchining bobosi haligi firma rahbari ekan, yo‘q deya olmabdida sekretariga:

— Komandirovka qoldirildi, - debdi.

Sekretar eriga telefon qilib:

— Komandirovka qoldirildi, - debdi.

Er o‘qituvchi o‘ynashiga telefon qilib:

— Endi iloji yo‘q, xotinim komandirovkaga bormaydigan bo‘ldi.

O’qituvchi o‘quvchiga telefon qilib:

— Dars o‘tadigan bo‘ldik, - debdi.

O’quvchi, bobosi firma rahbariga telefon qilib:

— Bobo shahar aylanish qoldirildi, boshqa safarga.

Firma rahbari sekretarga:

— Tayyorlaning komandirovkaga boramiz...

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика