Nima uchun studentlar sessiyadan o’tishaolmaydi? Bir yilda 365 kun bor. Ulardan 52 kuni yakshanba. 313 kun ilm olish uchun. Yozgi ta`til o`rtacha 85 kun. Bizda 228 kun dars tayyorlashga qoldi. Har kunlik 8 soatlik uyqu 122 kun degani. Bizda 106 kun qoldi. Har bir kishi 1 kunda kamida 1 soat dam olishi kerak va bu 15 kunni anglatadi. 91 kun qoldi. 2 soat ovqatlanish uchun ajratishga majbursiz va bu bir yilning 30 kunini egallaydi. Bizda 61 kun qoldi. Gaplashish insonga xos tushuncha va bu bir kunda bi kishidan kamida 1 soatni talab qilsa 1 yilda 15 kun demak. Atiga 46 kun ilm uchun. Bayramlar, kutilmagan xursandchiliklar va ko’ngilsizliklar 40 kunni har bir kishidan band qilar ekan. 6 kun qoldi. Issiq jonni istimasi bor deyishganidek, hammamiz bir yilda kamida 3 kun kasal bo`lsak. Nahotki kinoga tushish, odnoklassnikiga o’tirish, uchrashuvlarga bir yilda 2 kun ajratmasak qanaqa odammiz. Ha atiga 1 kun qoldi. O’sha bir kun meni tug`ilgan kunim-ku. Tug`ilgan kunimda dars qilishga balo bormi !!