OJIDANIYA .... YANGI SUPER SHER
Дата релиза:
Просмотров: 178
Просмотров: 178
Средний балл: 0
Qo'limda telefonim sinib ketgudek.
Yurak notinch, yomon uryapti.
Bu xolat alamli, hamda kulguli.
"Siz so'rayotgan abonent
boshqa yo'nalishga javob beryapti. "
Yor xajri yomondir, rashk undan yomon.
Sabr chayqalyapti bo'lmoqda tamom.
Ishonch bukilmoqda, ishonch sinyapti.
" Siz so'rayotgan abonent boshqa
yo'nalishga javob beryapti "
Lanati gumonlar, bass qilgin yo'qol.
Shayton SMS yoz, boplab deyapti.
Yoqimli ovoz ham tuyular qo'pol.
" Siz so'rayotgan abonent boshqa yo'nalishga javob beryapti "
Hafa qilmagandim oxirgi martta.
Nega qaramaydi qo'ng'irog'imga?
Uyiga bostirib borsammi shartta.
Jonim kelmoqdaku hiqqildog'imga.
Uhlab qolibman kutib oxiri.
Tong saxar sms, undan kelibdi.
Kecha kelgan emish mehmon o'rtogi..
Qilgan qong'irog'im bugun ko'ribdi.
Javob ham yozmadim, qong'iroq qilmay.
O'sha kungi holim alam qilyapti.
Men ham qo'ymayman-da qasdimni olmay.
U SO'RAYOTGAN ABANET BOSHQA YO'NALISHGA JAVOB BERYAPTI....
Ваши отзывы
- Коментарии