CHEKISHNI TASHLASHIM KERAK - ALISHER MUQUMOV
Дата релиза:
Просмотров: 181
Просмотров: 181
Средний балл: 0
Bugun mening ko'zlarimda nam,
Sog'lig'imdan endi yo'q darak.
Qadrdonlar, nima bo'lsa ham,
Men chekishni tashlashim kerak!
Chekish aylar insonni abgor,
Foydasi yo'q, ziyoni bisyor.
Dunyo bo'lmay ko'zlarimga tor,
Men chekishni tashlashim kerak!
To'g'ri, darrov voz kechish mahol,
Orzularim topmoqda zavol.
O'pkam tamom bo'lmasdan, darhol,
Men chekishni tashlashim kerak!
Bermoq uchun chekishga barham,
Hatto ichdim necha bor qasam.
G'am chekmasin oilam desam.
Men chekishni tashlashim kerak!
Tamaki - bu "zahar"dir, "zahar",
Mening yurgan yo'llarim xatar.
Bu safargi va'dam chin, do'stlar,
Men chekishni tashlashim kerak!
/ Muallif: Alisher Muqumov /
- Теги:
MUQUMOV, ALISHER, TASHLASHIM, CHEKISHNI, kerak
Ваши отзывы
- Коментарии