G'iybatchilar (Shamshod Safar)
Дата релиза:
Просмотров: 192
Просмотров: 192
Средний балл: 0
G'oybat qilib ortimdan,
Nomim bulg'ash sengamas.
Sôz yuritib nomimdan,
Ish bitirish sengamas.
Yuzimga qarab kulgan,
Soxta kulging sezmadim.
G'iybatga qorib yurgan,
Sotqin ekan bilmadim.
Maqsad qilding nimani?
Maqsadsiz bôlsang nomart!
Ôzingday deb hammani,
Bilma yana kasofat.
Afsus buni kech bildim,
Ôtgandi ancha yillar.
Men ôzimni jazoladim,
Qiynaldim qancha kunlar.
Hechdan kôra kech yaxshi,
Deydi bizga donolar!
Jahildan tushgan yaxshi,
Ishing hali kôp derlar.
Qaysi yuz bilan yana,
Kelipsan sen yonimga.
Ishing bitmay qoldimi,
Bosh egibsan poyimga.
Kechirmayman ket yoqol,
Boshqa birovni topgin.
Senlarga dôstlik uvol,
Iltimosim tinch qôygin.
Boshing suqma har ishga,
Avval sôra kôngildan.
Qolib ketma qarg'ishga,
G'iybat qilib Shamshoddan!
- Теги:
(Shamshod, G'iybatchilar, Safar)
Ваши отзывы
- Коментарии