INSON

kod
Ibodatlar qilganing chog’i, 
Senga bo’ldi Jannatning bog’i. 
Shaytonlarning yonib yanog’i 
Farishtadan yaxshisan inson. 

Lek kufringdan g’unchalar so’ldi, 
Ummonlar ham gunohdan to’ldi, 
O’z nasling o’z qo’lingdan o’ldi 
Hayvonlardan vaxshiysan inson. 

Kuning o’tib nafsing g’amida, 
Shirk keltirding bir bor kamida. 
Ajal eshik qoqqan damida 
Afsuslaring aytasan inson. 

Iblis chorlab o’nggu so’liga, 
Borar Jahannamning to’riga. 
Yaratganning najot yo’liga 
Endi qachon qaytasan inson. 

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика