JAHONIM BOR - ALISHER MUQUMOV

kod
JAHONIM BOR 

Maqsadga intilib yashayman har dam, 
Chekinmasman to ki tanda jonim bor. 
Jahon g'amlarining quli bo'lsam ham, 
Shodliklari mavjud o'z jahonim bor. 

Men ham orzulardan emasman yiroq, 
Ularning bariga yetmoqlik dushvor. 
Qo'lim yulduzlarga yetmaydi, biroq, 
Dilda barpo etgan kahkashonim bor. 

Yaxshilik doyimo ko'nglim hokimi, 
Unga muovinlar nomus hamda or. 
Iltimos, achinmang yo'q deb hech kimi, 
Dunyoda yagonam, onajonim bor! 

/ Muallif: Alisher Muqumov/

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика