JAVOB - ALISHER MUQUMOV

kod
JAVOB 

Ko'chada tanishlar ko'rishib qolsa, 
So'rashar: Alisher endi to'y qachon. 
She'ringni o'qidim yaxshi chiqibti, 
Sen maqtab yozgan u qiz kim jo'rajon? 

Gohida Nilufar, gohida Laylo, 
Gohi Yosuman deb yozib turasan. 
She'ringda ko'p qizning ismi bor, ammo, 
Ayt o'zi qay birin yaxshi ko'rasan? 

Do'stla buncha hayron bo'lish o'rniga, 
Goho vaqt ajratib o'qinglar kitob. 
Yurtim iftixori - buyuk bir shoir. 
Bu savolingizga yozgandir javob. 

Bilmoqchi bo'lsangiz bor haqiqatni, 
Buncha savol bermay, bo'lmay ovora. 
Erkin Vohidovning betakror she'ri 
"Lirik qahramon"ni o'qing bir bora. 

Bunday aniq ravshan javob oldida, 
Bor yozganlarim-la men bosh egaman. 
Erkin Vohidovdek buyuk shoirlar, 
Borligidan doyim faxrlanaman. 

/Muallif: Alisher Muqumov/

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика