MUSILMON" "ERKAK YIG'LIYDI!" Ezgu orzulari

kod
MUSILMON" "ERKAK YIG'LIYDI!" Ezgu orzulari bo'lganida puch, Ayol xiyonatiga kelganida duch. Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch, Alamdan ezilib, erkak yig'liydi. Xaqiqat olovdir, yolg'on bir shisha, Xaq gapni etmoqdan qilmam andisha. Qizi nogox bo'lib qolsa foxisha, Xammadan yashirib erkak yig'liydi. Cheksiz xasratlarga qolganda botib, Ayriliq dog'ini ko'rganda totib. Bolasini tobutin qolsa ko'tarib, Yurakdan o'kirib, erkak yig'liydi. Xizmat qilolmasa tikib jonini, Rozi qilolmasa otajonini. Tuproqqa qo'yganda onajonini, Uyalmay bo'kirib, erkak yig'liydi. Do'sti sotib ketsa og'ir kunida, Dardkashi bo'lmasa aslo yonida. Omadi chopmasa ish maydonida, Bir chetga o'tirib, erkak yig'liydi. Shayton quchog'ida yotsa bolasi, Vijdonin iblisga sotsa bolasi. Qariyalar uyiga otsa bolasi, Ajalin chaqirib, erkak yig'liydi. Xaromni tanlasa, xalol turganda, Navqiron yoshligini uvol qilganda. Qirq do'sti bo'lmasa, qirqqa kirganda, Chin dildan o'rtanib, erkak yig'liydi. Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin, Xech masjid tomonga burmasa yo'lini. Bir kuni tushunsa adashganligini, Umriga achinib, erkak yig'liydi. Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni, Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni. Ming bir azoblarda qolganda joni, Ko'ngliga suyanib, erkak yig'liydi. Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq, Jirkanch odatlargami yashasa sodiq. Nom qozonolmasa ablaxdan ortiq, Bir kuni og'rinib, erkak yig'liydi. Xech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir, Og'zim oshga yetdi deganda asl. Ajal sari "ketdik" desa Azroil, "E vox", deb baqirib, erkak yig'liydi.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика