MUSOFIR MAKTUBI - ALISHER MUQUMOV
Дата релиза:
Просмотров: 206
Просмотров: 206
Средний балл: 0
Qadrdonlar, juda sog'indim,
Mehri daryo yurtdoshlarimni, Hijronlardan kemirildi dil,
Yashirolmam ko'zyoshlarimni.
Qadrdonlar juda sog'indim,
Boysunimning navruzlarini. Bahor kabi benazir, ko'rkam,
Dilbarimning gul yuzlarini.
Qadrdonlar, juda sog'indim. O'zbekona tandir nonini, Mehmon uchun doyimo ochiq-
O'zbegimning dasturxonini.
Qadrdonlar juda sog'indim, Men onamning taomlarini, Yurtimizning musaffo tongi
Va betakror oqshomlarini.
Qadrdonlar sizni sog'indim. Ezildi dil sog'inchga to'lgach,
Inson vatan qadrini ko'proq,
Anglar ekan musofir bo'lgach.
Muallif: ALISHER MUQUMOV
Ваши отзывы
- Коментарии