O'lganim yo'q odamlar…

kod
Unutdim men yig’lashni,
Kulganim yo'q odamlar…
Kim do'st, kim dushman hanuz,
Bilganim yo'q odamlar...

Hayot tegirmon toshi,
Ezib turar yelkamdan.
Dushmanim kulmasin deb,
O'lganim yo'q odamlar…

Kimlar shodon gul tutar,
Kim tosh otar boshimga.
Shuncha sitam kammidi,
Yolg’izgina boshimga?

Ko'rib bu savdolarni,
Qoyil deng bardoshimga.
Kelib turing qoshimga,
O'lganim yo'q odamlar…

Sizga hamdard bo'lay deb,
Siz kulsangiz kulay deb.
O'lsam siz uchun o'lay deb,
O'lganim yo'q odamlar…

Boshim omon, tanim sog’,
Hiybatlardan ko'nglim dog’.
Kuydim bearmon biroq,
O'lganim yo'q odamlar…

Bir devona bolaman,
Devonadur ko'nglim ham.
Bir devona bolaman,
Qo'rqita olmas o'lim ham.

O'lim nima? Bir uyqu,
Yumilsa bas ko'zlarim.
Faqat o'ksik dilimni,
O'ksitmangiz do'stlarim!

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика