O`z ayolidan qutulmoqchi edi..

kod
Qadim zamonda bir er xotin bo'lgan ekan. Er boshqa ayolni yoqtirib qolib, qutulish yo'lini izlab qolibdi. Chunki yoqtirgani:"Menxotin ustiga tegmayman", deb rad qilgan ekan. Ajrashay desa, hech bir sabab yo'q, o'rtada to'rtta guldek farzand,ayoli esa husnu hulqli,pokizaligi bilan katta hurmatga ega. Er qiyin ahvolda qolibdi. Qildan qiyiq axtarib janjal payida bo'libdi. Xotin erining niyati buzilganini bilib, Alloh menga shunday sinovni berdi, endi chiroyli sabr qilishim kerak, deb tishini tishiga qo'yib chidabdi. Dardini ichiga yutib, zo'raki tabassum bilan yashayveribdi. Lekin er kundan kun battarlashib, oxiri xotinini zaharlab o'ldirishga qaror qilibdi. 
Bir kuni er xotin uyda yolg'iz qolganlarida er niyatini amalga oshirmoqchi bo'libdi. Xotiniga:"Xotin, mazam qochgandek bo'lyapti, bir achchiqqina mastava qiling!", debdi. Xotin:"Duolarim Allohga yetdi", deb darrov ovqatga unnabdi. Ovqatni suzib, dasturxonga keltiribdi. Shunda er xotinni yana bir narsaga buyurib, u qaytib kelgunicha kosasiga zahar solib qo'yibdi. Xotin kelib o'tirgach, ko'chada kimdir erni chaqirib qolibdi. Er turib ketgan vaqtda uning kosasiga bir yo'la ikki pashsha qulabdi. Xotin darrov bexosiyat pashashalarni olib tashlab,pashsha tushgan kosani eriga ravo ko'rmay, koslaarni almashtirib qo'yibdi. Er kelgach xotiniga:"Qani o'zing boshlab ber, xotinjon, rosa chiroyli ovqat bo'libdimi? O'zing qo'li gulsan, senga yetadigani yo'q",deb mulozamat qilibdi. Xotin ovqatga qoshiq solibdi. Er xotinida o'zgarish ko'rinmaganidan hayron qarab-qarab qo'yarkan, birdan tomog'i bo'g'ilib, jon holatda:"Mening kosamni nima qilding?" deb baqiribdi. SHoshib qolgan xotin bor gapni aytgach, er ko'rinmas, ammo hamisha hushyor Qozining hukmini anglab,faryod chekibdi. Pushaymonlik bilan aybiga iqror bo'lib:"Yagona tilagim, meni kechir, kechir..." deb joni uzilibdi.

Musulmonlar taqvim kitobidan.

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика