Otangni sevmasang kimni sevasan?

kod
Bir umr mehnatla qo'llari qadoq,
Oltmishga kirmasdan sochlari oppoq.
Otangni sevmasang kimni sevasan?
Barcha bolasini birdayin suygan,
Saxarda non yopib qo'llari kuygan,
Yeb turgan oshini senga ilingan,
Onangni sevmasang kimni sevasan?
Yaxshingni oshirib yomoning yopgan,
Qirq bittajonini senga baxsh etgan,
Boriga shukr deb qanoat qilgan,
Ayoling sevmasang kimni sevasan?
Ishdan kelganingda assalom degan,
Burnidan chimchisang qiqirlab kulgan,
Uch kun ko'rmay qolsang tushingga kirgan,
Bolangni sevmasang kimni sevasan?Qishda
ishkomida uzum topilgan,
Yozda kulchalari tandirda pishgan,
Ey do'stim xudoning nazari tushgan,Vatanni
sevmasang kimni sevasan?

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика