Saqla Allohim
Дата релиза:
Просмотров: 215
Просмотров: 215
Средний балл: 0
O`zimni bilmasam, o`zimdan tonsam.
Iymonim sustlashib seni unutsam,
Meni ziyofatdan saqla Ollohim.
Bandangning olqishi men uchun nadur,
Tamagirlik yoxud riyo turadur.
Kibr havosidan yurak uradur,
Meni shavkatlardan saqla Ollohim.
Bizlar kim aslida mo`min-mushriklar,
Ozimizdan o`tganda namli kipriklar.
Biz o`tsak qulaydi temir ko`priklar
Meni jaholatdan saqla Ollohim.
Adashgan dili yoq dilsiz bandaman,
Tilovat qilolmagan tilsiz bandaman.
Tangrisini unutgan ruhsiz tandaman,,
Meni g`aflatlardan saqla Ollohim
Ish farzim, qoladi namozlar qazo,
Bilaman, kutajak eng og`ir jazo.
Bir kuni o`qishsa menga janozo,
Meni nafratlardan saqla Ollohim...
Ваши отзывы
- Коментарии