UMID ESHKAKLARI - ALISHER MUQUMOV

kod
UMID ESHKAKLARI 

Hijron qayig'ida subhdan to shom, 
Kezarman sargardon hayot dengizin. 
To'fon bir lahza ham topmaydi orom, 
Ko'rish oson emas omadning yuzin. 

Izlarman hamisha tole' manzilin, 
Garchi shunchalar ko'p g'ov yo'limdadir. 
Albatta topaman visol sohilin, 
Umid eshkaklari to qo'limdadir. 

Faqat bugun emas, bugun o'lmayman. 
Garchi to'fon bilan qilamiz janglar. 
Quvonmang, baribir taslim bo'lmayman, 
Cho'kishimni kutib yotgan nahanglar. 

/ Muallif: Alisher Muqumov /

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика