Yigit yig`lasa

kod
Parvo qilmam qizlar yig`lasa 
Balki yoshlik tuyg`usidir u 
Balki yoshlik tuyg`usi emas 
Erkalikning belgisidir u 
Lekin ko`nglim berolmas bardosh 
O`ksib agar yigit yig`lasa. 
Yigit asli yig`kamas biroq 
Yomon agar yigit yig`lasa. 

Bu dunyoning qo`rg`oni obod 
Yigit bilan tirikdir xayot 
Gar bosh egib qolsa o`g`loni 
Paydo bo`lar shu yurtda sayyod 

Xech bir yigit chekmasin faryod 
Yomon egar yigit yig`lasa. 
Vatan yig`lar 
vatan yig`lar 
vatan yig`lar 
Yigit yig`lasa. 

Yomon -yomon yigit yig`lasa 
Tog`lar cho`kib kul bo`lgusidir 
Bog`lar xazon, gullar jafaron 
Yurt dushmanga qul bo`lgusidir. 
Boshda sirtmoq, oyoqda zanjir 
Xalq dushmanga qul bo`lgusidir 
Ey sadoyi yigit yig`lasa 
Xayxot magar yigit yig`lasa. 
Vatan yig`lar 
vatan yig`lar 
vatan yig`lar 
Yigit yig`lasa.... vatan yig`lar yigit yig`lasa..

Ваши отзывы

  • Коментарии
Яндекс.Метрика